Mamlakatimiz Prezidenti tashabbusi bilan “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan turizm xodimi” faxriy unvoni ta’sis etiladi
Prezident Butunjahon turizm kuni munosabati bilan yo‘llagan tabrigida soha xodimlarini davlat darajasida e’tirof etish uchun yangi faxriy unvon ta’sis etishni taklif qildi. Tabrikda 2030-yilgacha bo‘lgan maqsadlar ham belgilandi: yiliga 20 million xorijiy sayyoh va turizmning YaIMdagi ulushini 7 foizga yetkazish.
Manbada o‘qish